Abstract
Maqolada Bobur g‘azallarida yurtdan uzoqda yashash tajribasini ifodalovchi tarki vatan, tarki diyor, g‘urbat, g‘arib va sargashta birliklari tahlil qilinadi. Tarki vatan ketish hodisasini, g‘arib begona makondagi kishining ahvolini anglatadi. G‘urbatning hijron bilan birga kelishi yurtdan yiroqlik va yordan ayriliqning bir kishiga ta’sirini ifodalaydi. Ul yon-u bu yon solg‘uchi hamda g‘urbatqa soldi qurilmalarida ko‘chish taqdir va charxga nisbat beriladi. Tarki diyor etsa shakli esa ketish shaxsning ixtiyoridagi harakat sifatida ham baholanishini ko‘rsatadi. Rahm qilg‘il va yod ayla murojaatlari musofirning mehr va xotiraga ehtiyojini yuzaga chiqaradi.
References
1. Zahiriddin Muhammad Bobur. Devon / nashrga tayyorlovchi va so‘zboshi muallifi A.Abdug‘afurov, mas’ul muharrir A.P.Qayumov. – Toshkent: Fan, 1994. – 144 b.
2. Yusuf B. Mumtoz adabiy asarlar lug‘ati / mas’ul muharrir Q.Ergashev. – Toshkent: Sharq, 2010. – 528 b. https://uzbekliterature.uz/sites/default/files/mumtoz_adabiy_asarlar_lugati.pdf
3. Zahiriddin Muhammad Bobur. Qaro zulfung firoqida. – Toshkent: Adabiyot uchqunlari, 2019. – 120 b. https://zakm.uz/media/books/Z._M._Bobur_Qaro_zulfung_firoqida.pdf
4. Matn aniqligi qo‘lyozma bilan // Fan va turmush. – 2017. – 1-son. – B. 45–47. https://baburid.uz/bibliography/552
5. Xolboyeva M.A. Zahiriddin Muhammad Bobur devonidagi g‘azallarning lingvokulturologik tadqiqi. PhD dissertatsiyasi qo‘lyozmasi. – Qo‘qon, 2026. – 2.3-fasl, III bob, B ilova.
6. Usmonova Sh. Lingvokulturologiya. – Toshkent, 2019. – 248 b.