INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARIDA RAQAMLI MULOQOTDA MA’NO HOSIL BO‘LISHINING LINGVOKOGNITIV MEXANIZMLARI
PDF

Keywords

Lingvokognitiv tahlil, Raqamli muloqot, Ma’no hosil bo‘lishi, Konseptual metafora, Paralingvistik vositalar, Miqdoriy ikonizm, Kod almashtirish, Ingliz va o‘zbek tillari qiyosi.

How to Cite

Tuxtaxodjayeva Akmalovna, N. (2026). INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARIDA RAQAMLI MULOQOTDA MA’NO HOSIL BO‘LISHINING LINGVOKOGNITIV MEXANIZMLARI. JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN UZBEKISTAN, 4(07), 131–141. Retrieved from https://scienceinno.org/index.php/jsiru/article/view/267

Abstract

Maqolada ingliz va o‘zbek tillaridagi raqamli muloqot (messenjerlar, ijtimoiy tarmoqlar, chat yozishmalari) misolida ma’no hosil bo‘lishining lingvokognitiv mexanizmlari qiyosiy-tipologik jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotning dolzarbligi shundan iboratki, raqamli muloqot matnlari an’anaviy yozma va og’zaki nutq me’yorlaridan farq qiluvchi o‘ziga xos kod tizimini (kompressiya, emoji, tinish belgilarining ikonik takrori, kod almashtirish) yaratadi, biroq bu hodisalarning kognitiv asoslari ingliz-o‘zbek tillari qiyosida yetarlicha o‘rganilmagan. Tadqiqot maqsadi –ikki tildagi raqamli muloqot birliklarida ma’no hosil bo‘lishining asosiy kognitiv mexanizmlarini (konseptual metafora, freym, konseptual integratsiya, miqdoriy ikonizm, tejamkorlik tamoyili) aniqlash va ularning til-madaniyatga xos ko‘rinishlarini qiyosiy tavsiflashdan iborat. Tadqiqotda tavsiflash-tahliliy, kontekstual-situativ, kognitiv-konseptual va qiyosiy-chog’ishtirma metodlardan foydalanilgan, tahlil materiali sifatida ingliz va o‘zbek tilli ijtimoiy tarmoq va messenjer yozishmalaridan olingan namunaviy kontekstlar jalb etilgan. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, ikkala tilda ham raqamli muloqot og’zaki va yozma nutq xususiyatlarini uyg’unlashtirgan gibrid kod sifatida namoyon bo‘ladi, biroq mexanizmlarning yuzaga chiqish shakllari milliy-madaniy va tilning tipologik xususiyatlariga bog’liq holda farqlanadi: ingliz tilida akronimlashtirish va apostrof tushirish orqali kompressiya, o‘zbek tilida esa qavs belgisi (")") orqali emotsional ma’no ifodalash hamda rus va ingliz tillaridan kod almashtirish orqali pragmatik ma’no hosil bo‘lishi ustuvor. Tadqiqot natijalari kontrastiv tilshunoslik, tarjimashunoslik, chet tili o‘qitish metodikasi hamda tabiiy tilni qayta ishlash tizimlarini o‘zbek tili uchun moslashtirish sohalarida amaliy ahamiyatga ega.

PDF

References

1. Lakoff G., Johnson M. Metaphors We Live By. –Chicago: University of Chicago Press, 2003. –276 p.

2. Sperber D., Wilson D. Relevance: Communication and Cognition. 2nd ed. –Oxford: Blackwell, 1995. –326 p.

3. Fauconnier G., Turner M. The Way We Think: Conceptual Blending and the Mind’s Hidden Complexities. –New York: Basic Books, 2002. –464 p.

4. Haiman J. Natural Syntax: Iconicity and Erosion. –Cambridge: Cambridge University Press, 1985. –285 p.

5. Fillmore C.J. Frame semantics // Linguistics in the Morning Calm. –Seoul: Hanshin, 1982. –P. 111–137.

6. Nurmonov A. O‘zbek tilida lingvokulturologik yo‘nalish. –Toshkent: O‘zbekiston Milliy universiteti, 2002. –84 b.

7. Crystal D. Language and the Internet. 2nd ed. –Cambridge: Cambridge University Press, 2006. –304 p.

8. Crystal D. Internet Linguistics: A Student Guide. –London: Routledge, 2011. –179 p.

9. Herring S.C. Discourse in Web 2.0: Familiar, reconfigured, and emergent // Discourse 2.0: Language and New Media / Ed. by D. Tannen, A.M. Trester. –Washington, DC: Georgetown University Press, 2013. –P. 1–25.

10. Dresner E., Herring S.C. Functions of the nonverbal in CMC: Emoticons and illocutionary force // Communication Theory. –2010. –Vol. 20, No. 3. –P. 249–268. DOI: 10.1111/j.1468-2885.2010.01362.x

11. Danesi M. The Semiotics of Emoji: The Rise of Visual Language in the Age of the Internet. –London: Bloomsbury, 2017. –168 p.

12. Yus F. Cyberpragmatics: Internet-Mediated Communication in Context. –Amsterdam: John Benjamins, 2011. –353 p.

13. Androutsopoulos J. Language change and digital media: A review of conceptions and evidence // Standard Languages and Language Standards in a Changing Europe / Ed. by T. Kristiansen, N. Coupland. –Oslo: Novus, 2011. –P. 145–161.

14. Zipf G.K. Human Behavior and the Principle of Least Effort. –Cambridge, MA: Addison-Wesley, 1949. –573 p.