Abstract
Mazkur maqolada korrupsiyaviy jinoyatlarning oldini olish va ularga qarshi kurashishda kriminalistik profilaktikaning nazariy-huquqiy hamda amaliy ahamiyati tahlil qilingan. Korrupsiyaning latentlik darajasi yuqoriligini inobatga olgan holda, anʼanaviy choralardan zamonaviy texnik-kriminalistik vositalarga oʻtish zarurati asoslab berilgan. Tadqiqotda korrupsiyaviy jinoyatlar va jinoyatchi shaxsining kriminalistik modellarini yaratish masalalari oʻrganilgan. Shuningdek, tergov amaliyotini umumlashtirish asosida davlat idoralaridagi tizimli korrupsiya omillarini bartaraf etishga qaratilgan kriminalistik taqdimnomalar samaradorligini oshirish boʻyicha ilmiy tavsiyalar bayon qilingan.
References
1. Каширин, Р. М. Оперативно-розыскное предупреждение незаконного оборота наркотических средств в исправителных учреждениях: дисс. … канд. юрид. наук. – Псков, 2012. – 190 б.
2. Белкин Р.С. Курс криминалистики. Т. 3. — М., 1997. — С. 142–148.
3. Abdumajidov G.A. Kriminalistika. — T.: TDYU, 2003. — B. 89–95.