Abstract
Annotatsiya: Ushbu maqolada ishemik kardiosklerozning rivojlanish mexanizmlari va uning miotsit darajasidagi anatomik asoslari yoritilgan. Yurak mushaklarining uzoq davom etgan ishemiyasi natijasida miotsitlarda energiya yetishmovchiligi, ionlar muvozanatining buzilishi va nekrotik jarayonlarning kuchayishi kuzatiladi. Nekrozga uchragan hujayralar o‘rnida granulyatsion to‘qima shakllanib, keyinchalik kollagen tolalarining ko‘payishi bilan fibroz o‘choqlar yuzaga keladi. Ushbu fibroz o‘zgarishlar miokardning qisqaruvchanlik, elastiklik va elektr impulslarni o‘tkazish qobiliyatini pasaytiradi, natijada yurak yetishmovchiligi va ritm buzilishlari rivojlanadi. Maqola ishemik kardiosklerozning morfologik va funksional oqibatlarini tizimli tahlil qiladi hamda uning patogenezini chuqur yoritadi.
References
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Sattorov A., Nazarova D. Umumiy patofiziologiya. – Toshkent: “Ibn Sino” nashriyoti, 2017.
2. Raximov R.K., Yusupov R.X. Inson fiziologiyasi. – Toshkent: “O‘zbekiston”, 2018.
3. Qodirov A., Yo‘ldoshev X. Yurak-qon tomir tizimi kasalliklari. – Toshkent: “Tibbiyot”, 2020.
4. G‘afurov A.M., Qodirova N.R. Biologiya: Umumiy kurs. – Toshkent: “O‘qituvchi”, 2015.
5. Usmonov M.A. Umumiy fiziologiya. – Toshkent: “Fan va texnologiya”, 2016.
6. Xolmatov R., Bekmirzayev A. Kardiologiya asoslari. – Toshkent: TTA nashriyoti, 2019.