BACHADON MIOMASI: ZAMONAVIY DIAGNOSTIKA VA DAVOLASH USULLARI TO‘G‘RISIDA AYRIM MULOHAZALAR
PDF

Keywords

bachadon miomasi, leiomioma, ginekologiya, ultratovush tekshiruvi, MRT, gisteroskopiya, miomektomiya, embolizatsiya, reproduktiv salomatlik.

How to Cite

Habibuloyeva Utkurovna, D. (2026). BACHADON MIOMASI: ZAMONAVIY DIAGNOSTIKA VA DAVOLASH USULLARI TO‘G‘RISIDA AYRIM MULOHAZALAR. JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN UZBEKISTAN, 4(05), 88–94. Retrieved from https://scienceinno.org/index.php/jsiru/article/view/169

Abstract

Ushbu maqolada bachadon miomasining etiologiyasi, patogenezi, klinik kechishi, zamonaviy diagnostika usullari hamda davolash tamoyillari batafsil yoritilgan. Bachadon miomasi ayollar reproduktiv tizimining keng tarqalgan yaxshi sifatli o‘smalaridan biri bo‘lib, u ko‘pincha gormonal disbalans fonida rivojlanadi va turli klinik simptomlar bilan namoyon bo‘ladi. So‘nggi yillarda tibbiyotda qo‘llanilayotgan yuqori aniqlikdagi instrumental tekshiruvlar, jumladan ultratovush diagnostikasi, transvaginal sonografiya, magnit-rezonans tomografiya hamda gisteroskopiya kasallikni erta aniqlash imkoniyatlarini sezilarli darajada oshirdi. Shuningdek, minimal invaziv va organ saqlovchi davolash usullarining joriy etilishi bemorlarning reproduktiv salomatligini saqlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, individual yondashuv asosida tanlangan davolash strategiyasi klinik samaradorlikni oshiradi va asoratlar xavfini kamaytiradi.

PDF

References

1. Satibaldiyeva Z.Sh., Isroilova N.F. Bachadon miomasi // Modern Science and Research. – 2025. – №1. – B. 1133-1138.

2. Mutalipova M.X.. Bachadon miomasini erta tashxislashda biologik markerlarning roli // Andijon davlat tibbiyot instituti ilmiy ishlari. – 2024. (CA-125 va boshqa markerlar asosida erta diagnostika yondashuvlari.)

3. Xo‘jamberdiyeva Y.N. Ayollarda ko‘p uchraydigan mioma kasalligi, sabablari va davosi // Tadqiqotlar.uz ilmiy jurnali. – 2023. (Miomaning klinik belgilari va rivojlanish omillari tahlil qilingan.)

4. Mamatkulova M.D. Ko‘p tugunli bachadon miomasi va homiladorlikka ta’siri // O‘zbekiston tibbiyot ilmi jurnali. – 2025. (Miomaning akusherlik asoratlari va homiladorlikdagi xavflari.)

5. Axmedova N. M. (taqriz ostida). Bachadon miomasi: klinik belgilar va zamonaviy davolash usullari // Journal of Science-Innovative Research in Uzbekistan. – 2024. (Individual yondashuv va zamonaviy terapiya usullari.)

6. Fozilbekova M.A., Zaynutdinova X.S. Akusherlik va ginekologiyada hamshiralik ishi. – Toshkent: O‘qituvchi, 2007.

7. Allayopov Y. N. Akusherlik va ginekologiya. – Toshkent: O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi, 2017.

8. Yarashova L.N. Ayollarda parvarish xususiyatlari. – Toshkent: Ilm Ziyo, 2014.