Abstract
Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasida biriktiruvchi va boshqa turdagi yumshoq to‘qimalar o‘smalari (C49) ning epidemiologik xususiyatlari kompleks tarzda tahlil qilindi. Tadqiqot Respublikada faoliyat yuritayotgan onkologik xizmatning 2024-yilga oid rasmiy statistik ma’lumotlari asosida retrospektiv usulda olib borildi.
Ish jarayonida C49 guruhi o‘smalarining umumiy xavfli o’smalar tarkibidagi ulushi, aholining yosh va jins bo‘yicha taqsimoti, kasallanish dinamikasi hamda klinik ahamiyati baholandi. Shuningdek, ushbu turdagi o‘smalarning diagnostika muammolari, kech aniqlanishi va prognozga ta’sir etuvchi omillar ham ko‘rib chiqildi.
Olingan natijalarga ko‘ra, biriktiruvchi va boshqa turdagi yumshoq to‘qimalar o‘smalari umumiy onkologik kasalliklar tarkibida nisbatan kichik ulushni (taxminan 2% atrofida) egallaydi, biroq ularning agressiv kechishi, yuqori darajada invazivligi va retsidivga moyilligi ularni klinik jihatdan muhim patologiyalar qatoriga kiritadi.
Tahlil shuni ko‘rsatdiki, kasallanish ko‘rsatkichlari yosh ortishi bilan oshib boradi va ayniqsa katta yosh guruhlarida yuqori darajada kuzatiladi. Bu esa mazkur patologiyaning prognozini og‘irlashtiruvchi asosiy omillardan biri hisoblanadi.
References
1. Fletcher C.D.M., Bridge J.A., Hogendoorn P.C.W., Mertens F. Pathology and genetics of tumours of soft tissue and bone. Lyon: IARC Press; 2013.
2. World Health Organization. Global cancer statistics 2022 and projections to 2045.
3. O‘zbekiston Respublikasi Onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi. 2024-yil rasmiy statistik hisobot Аббос
4. Икромович Нуржабов, Джамила Шагайратовна Полатова, Ахмад Юлдашевич Мадаминов, Дилором Абдулазизовна Ибрагимова, Саидрасул Камолович Насиров, Александр Владимирович Савкин, Ойбек Кобилович Абдусатторов, Нуриддин Камолович Асамединов Результаты лечения сарком костей таза Вопросы онкологии, 2023, 69(3S): 386-388.
5. Dilorom Ibragimova Abdulazizovna, Mohinur Sabirova Baxtiyarovna. O‘zbekiston Respublikasida sut bezi saratoni: epidemiologiya, skrining va erta aniqlash samaradorligi (2024 yil ma’lumotlari asosida). Journal of science-innovative research in Uzbekistan. 2026;4 (04) 8-12.