Abstract
Mazkur maqolada oila institutining jamiyatdagi o‘rni va ahamiyati, uni mustahkamlashga qaratilgan huquqiy, ijtimoiy va ma’naviy omillar tahlil qilinadi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasida olib borilayotgan islohotlar, qabul qilingan qonun hujjatlari va davlat dasturlari asosida oilalarni qo‘llab-quvvatlash va ajralishlar oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar yoritilgan. Shuningdek, oila qadriyatlarini tiklash, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashda mahalla va tegishli vazirliklar hamda tashkilotlarning faoliyati tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari oila barqarorligini mustahkamlashda davlat va jamiyat hamkorligining ahamiyatini ko‘rsatadi.
References
1. O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksi. – Toshkent: Adolat, 2021.
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-iyundagi 367-sonli qarori “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot instituti faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida.
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi 820-sonli qarori “Oila institutini yanada rivojlantirish va yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning 2018-yil 27-iyundagi qarori asosida 15-may – Xalqaro oila kuni sifatida belgilanishi.
5. Islom Karimov. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – Toshkent: Ma’naviyat, 2008.
6. Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 1993-yil 20-sentyabrdagi “Xalqaro oila yili to‘g‘risida”gi rezolyutsiyasi.
7. “Oila va jamiyat” jurnali. – Toshkent: 2019–2024 yillar sonlari.
8. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi hisobotlari.