Abstract
Annotatsiya: Ushbu maqola qizlar va o‘g‘il bolalarning miya faoliyati va tuzilishidagi tafovutlarni ilmiy asosda o‘rganishga qaratilgan. So‘nggi yillardagi neyropsixologik va neyrobiologik tadqiqotlar asosida erkak va ayol miyasidagi strukturaviy va funksional farqlar tahlil qilinadi. Maqolada tilni qayta ishlash, fazoviy fikrlash, hissiy sezgirlik, xotira, motor koordinatsiyasi kabi asosiy kognitiv funksiyalar qanday darajada farqlanishi o‘rganiladi. Bundan tashqari, oq va kulrang modda nisbatidagi farqlar, miya lateralizatsiyasi, neyronal aloqalarning yo‘nalishi, gippokamp hajmi va sezgi signallarini qayta ishlashdagi tafovutlarga ham alohida e’tibor qaratiladi. Ushbu tafovutlar biologik omillar (genetika, gormonlar) bilan bir qatorda, atrof-muhit, ijtimoiy rol va shaxsiy tajriba bilan qanday uyg‘unlashishi muhokama qilinadi. Maqola umumlashtirilgan statistik farqlar orqali inson miyasining jinsga xos xususiyatlarini ilmiy tahlil qiladi, biroq har bir individda bu jarayonlar turlicha kechishini eslatib o‘tadi.
References
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. Cahill, L. (2006). Why sex matters for neuroscience. Nature Reviews Neuroscience, 7(6), 477–484.
2. Ingalhalikar, M., et al. (2014). Sex differences in the structural connectome of the human brain. PNAS, 111(2), 823–828.
3. Журавлёв, А. Л. (2018). Психофизиология пола: нейробиологические основы различий. МГУ.
4. Гирина, Г. В. (2021). Половая дифференциация мозга человека. Журнал неврологии и психиатрии.