Abstract
Annotatsiya: Ushbu maqolada qozoq tilidagi interjektsiyalar (undov so‘zlari)ning
emotsional holatni ifodalashdagi lingvistik xususiyatlari, ularning madaniy-psixologik
funksiyalari va kommunikativ jarayondagi o‘rni tahlil qilinadi. Qozoq tilida undov
so‘zlarning shakllanishi, kelib chiqishi, ijtimoiy-madaniy mazmuni, antropologik
xususiyatlari bilan bir qatorda xalq mentalitetida emotsional reaktsiyalarni
ifodalashdagi o‘rni alohida ko‘rib chiqiladi. Interjektsiyalarning turli turlari hayrat,
qo‘rquv, afsus, achinish, sevinch, kuyinish, ogohlantirish, qarg’ish va duolarni
bildiruvchi shakllar misolida ularning pragmatik vazifalari ochib beriladi. Maqola
qozoq tilshunosligi, madaniyatshunoslik, psixologik lingvistika va etnolingvistika
metodlari asosida tayyorlangan.