Abstract
Mazkur maqolada Yevropa Uyg‘onish davrining vujudga kelish omillari, gumanizm konsepsiyasining shakllanish jarayoni hamda uning adabiyotdagi aks etishi tahlil qilinadi. O‘rta asrlar cherkov mafkurasi va ritsorlik adabiyotidan Uyg‘onish davri gumanistik tafakkuriga o‘tish jarayoni yoritilib, Dante Aligiyeri ijodi ushbu o‘zgarishlarning muhim bosqichi sifatida baholanadi. Xususan, muallifning “Yangi hayot” va “Ilohiy komediya” asarlarida inson shaxsiyati, muhabbat, ma’naviy kamolot, axloqiy tanlov va insonparvarlik g‘oyalarining badiiy-falsafiy talqini tahlil etiladi. Tadqiqot natijasida Dante ijodi Yevropa gumanizmining shakllanishida muhim o‘rin tutgani va keyingi Uyg‘onish davri adabiyotining rivojiga sezilarli ta’sir ko‘rsatgani asoslab beriladi.
References
1. Hamdamov Ulug‘bek, Qosimov Abdug‘opir. Jahon adabiyoti (Darslik). – Toshkent: “Akademnashr”, 2024. – b.320
2. Qosimov Abdug‘opir, Xo‘jayev Sidiq. Jahon adabiyoti: Antik davrdan XVII asrgacha (o‘quv-uslubiy qo‘llanma). – Farg‘ona: Farg‘ona nashriyoti, 2016. – b.234
3. Hamdamov Ulug‘bek, Qosimov Abdug‘opir. Jahon adabiyoti (O‘quv qo‘llanma). – Toshkent, 2017. – b.352
4. Boboyev T. Adabiyotshunoslik asoslari. - Toshkent: O‘zbekiston, 2002.
5. Oripov Abdulla. Tanlangan asarlar. To‘rt jildlik. Uchinchi jild: Tarjimalar. – Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 2001.
6. Qayumov O. Chet el adabiyoti tarixi (Ilk o‘rta asrlar, Uyg‘onish davri va XVII asr G‘arbiy Yevropa adabiyoti). – Toshkent: O‘qituvchi, 1979. – b.320
7. Sawyer Nick. Sympathy for the Damned: Humanism in Canto V of Inferno. Essay. 2010. URL: https://bu.digication.com/nicksawyerantoportfolio1/Welcome/publish
8. Bowers John Leslie. The Humanism of Dante. Thesis presented for the Degree of Doctor of Philosophy in the University of Cape Town. – Cape Town, November 1960. – 464 p.
9. Ibragimbekov Rustam. Dantening «Ilohiy komediya»sida timsollar talqini. Maqola. 2017. URL: https://kh-davron.uz/kutubxona/jahon/rustam-ibragimbekov-dantening-ilohiy-komediyasida-timsollar-talqini.html